Bandixon tumanida ikki nafar shaxs sud zalidan ozod qilindi
2025-09-11 13:25:00 / Yangiliklar

Har qanday mamlakatning demokratik va insonparvarlik xususiyatlaridan biri – insonga bo‘lgan munosabat, inson huquqi va erkinliklari qanday himoya qilinayotganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham ko‘pgina mamlakatlar tarixiy rivojlanish jarayonida inson huquqlariga oid o‘z qonunlar tizimini yaratgan.
Ayni ushbu jarayonda mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish ikkinchi yo‘nalishida qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash asosiy maqsadlar sifatida belgilandi.
Bugun Jinoyat ishlari bo'yicha Bandixon tuman sudida o'tkazilgan sud jarayonlarida tuman Jinoyat sudi raisi O.Karimov tomonidan 2 nafar shaxs sud zalidan ozod qilindi hamda 1 nafar shaxsga nisbatan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 211-moddasiga nisbatan ayblov olinib, oqlov e'lon qilindi.
"Bugun O'zbekistonda inson qadrining ulug'lanishiga va adolatli sudyalar borligiga yana bir bor amin bo'ldim va oilamning, farzandlarimning bag'riga qaytdim". - deydi sudlanuvchilardan biri.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati




