BANDIXONLIK YOSHLAR O'RTASIDA YUGURISH MARAFONI O'TKAZILDI
2025-09-13 08:15:00 / Yangiliklar

Bugun Bandixon tumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentabrdagi PF-163-sonli Farmoniga muvofiq "Ulkan maqsadlar, samarali mehnat, oqilana turmush" g'oyasi asosida 14-30- yoshgacha bo'lgan o'g'il va qiz bolalar hamda otaliqqa olingan yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida "Yugurish" marafoni o'tkazildi.
Bandixon tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman IIB hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur marafon har bir yoshning kundalik hayotda salomatlik uchun foydali bo‘lgan odatlarga o‘rgatish, zararli odatlardan tiyilishiga erishish, foydali va xavfsiz turmush kechirish uchun zarur bilimlar bilan ta’minlash, oxir-oqibatda yoshlarning o‘zlashtirgan bunday bilimlarini uning kundalik odatiga aylantirishga erishish yoshlarni har tomonlama komil inson bo'lib yetishishiga xizmat qiladi.
Yoshlar o'rtasida o'tkazilgan yugurish marafonidaO'g'il bolalar o'rtasida1-o'rin Azimov Nurmuhammad (Gulbog' mahallasi)2-o'rin Qultoyev G'ulom (Bag'rikeng mahallasi)3-o'rin Bozorov Xumoyiddin (Navbahor mahallasi)Qiz bolalar o'rtasida1-o'rin Xo'jamshukurova Mehribonu (Xo'jaipok mahallasi)2-o'rin Boyqobilova Sarvinoz (Navro'z mahallasi)3-o'rin Norqobilova Marjona (Bandixon mahallasi)lar egalladi.
Marafonda g'olib bo'lgan yoshlarimizni ushbu yutuq bilan tabriklab, tumanimiz yoshlarini doimiy ravishda sport bilan shug'ullanib, sog'lom turmush tarziga amal qilishlariga chorlab qolamiz.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









