"YOSH IXTIROCHILAR" KO'RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI O'TKAZILDI
2025-09-12 10:00:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan sentabr oyi davomida "Yosh ixtirochi" koʻrik-tanlovi o'tkazilishi belgilangan.
Bugun ushbu ko'rik-tanlovning viloyat bosqichi Surxondaryo viloyat Bandixon tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida o‘tkazildi.
Bunda viloyat va hududiy "Barkamol avlod" bolalar maktablarining "Robototexnika" to'garagi a'zolari ishtirok etishdi. Ko'rik-tanlov II yo'nalishda Robototexnika va Avtomodel yo'nalishlarida bo'lib o'tdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra:Robototexnika yo'nalishida1-o'rin Jumayev Azizbek (Jarqo'rg'on tuman)2-o'rin Xakimov Shohjahon (Angor tuman)3-o'rin Jo'raqobilov Mamurjon (Qumqo'rg'on tuman)Avtomodel yo'nalishida1-o'rin Avliyoqulov Bobur (Bandixon tuman)2-o'rin Xo'shboqov Elbek (Angor tuman)3-o'rin Ziyodov Javohir (Boysun tuman)
Tanlov yakunda g'olib bo'lgan to'garak a'zolari viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan DIPLOM va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Viloyat bosqichida g'oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo’lga kiritdi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









