"Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida yig'ilish bo'lib o'tdi
2025-08-29 14:00:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, Bandixon tumanida ham bu borada bir qancha tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, tuman hokimining birinchi o'rinbosari D.Musurmonov boshchiligida tuman hokimligi apparat xodimlari ishtirokida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Qayerdadir ta'magirlik, poraxo‘rlik holatlariga duch kelsak, har birimiz bu noxush hodisaga nisbatan befarq bo‘lmasligimiz, aksincha, korrupsiya illatini tag tomiri bilan quritishga qaratilgan sa'y-harakatlarni vijdonan bajarishga kirishmog‘imiz burch va mas'uliyatimizga aylanmog‘i darkor.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati


