Bektepa mahallasida qo'llar duoga ochilib asfaltlash ishlari boshlab yuborildi
2025-07-20 19:00:00 / Yangiliklar

Tumanimizning barcha mahallalarining ichki yo‘llariga asfalt yotqizilayotgani aholini quvontirmoqda. Zero, sifatli yo‘l insonlarning kayfiyati va iqtisodiyotimiz “arteriyasi” hisoblanadi.
Bugun Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradov boshchiligida nuroniylar hamrohligida qo'llar duoga ochilib, tumanning Bektepa mahallasi "Hamkorlik" ko'chasining 1,8 km qismiga asfalt yotqizish ishlari boshlab yuborildi.
Albatta, mahallalardagi ba’zi ichki yo‘llarning ta’mirga muhtojligi, yozda chang, qishda loy bo‘lishidek mahalla aholisini uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan muammolarning barham topayotganidan ko‘p sonli aholi xursand.
Tumanimizdagi ichki yo‘llarning infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar jadal suratlarda davom etmoqda
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









