Bandixondagi har bir mahalla obod go'shaga aylanadi
2025-07-18 08:05:00 / Yangiliklar

Bugun Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov hamda tegishli mas'ullar tumanning "Bahoriston" mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi ishtirokida obodonlashtirish ishlari, infratuzilma holati, aholi xonadonlari, "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosi hamda aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘rib chiqildi. Mutasaddilarga barcha obodonlashtirish ishlari aholi xonadonidan, ko'chasidan boshlanishi va bu borada targ'ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Mahallalarni o'rganish ishlari davom etmoqda!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









