Bandixonda investorlar bilan onlayn uchrashuv o'tkazildi
2025-07-05 18:00:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining Sloveniyaga tashrifi doirasida o'tkazilgan qo'shma biznes forumida savdo-iqtisodiy va investisiyaviy sohalarda yangi sahifa ochdi.
Bandixon tumanining sanoat va ishlab chiqarish salohiyati hamda aholi daromadlari yildan-yilga oshib bormoqda. Bundan tashqari tumanning tog'li hududlaridagi geologik mineral qazilmalarga investorlarning qiziqishlari tobora ortib bormoqda.
Bugun Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tumanga investorlarni jalb qilish maqsadida Sloveniyaning yirik kompaniyasi "MSIN xolding" egasi bo‘lgan Marko Moxar bilan videokonferens aloqa tarzida uchrashuv o'tkazdi. Bunda tumandagi mavjud imkoniyatlar ko'rsatib o'tildi. Uchrashuvda o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishga qiziqish bildirlib, aniq taklif va rejalar ilgari surildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati




