"Madaniyat karvoni" doirasida hamda 30-iyun "Yoshlar kuni"ga bag'ishlab o'tkazilgan GALA-KONSERT dasturi Bandixon aholisiga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.
2025-06-25 19:20:00 / Yangiliklar

Gala-konsert oldidan tuman hokimi A.Allamuradov so'zga chiqib, 30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan barcha Bandixonlik yoshlarni tabrikladi. 2024-2025 o'quv yilini alo baholarga bitirgan 26 nafar bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi.
Konsert mehmonlari estradamizning yorqin yulduzlari:
- Dilfuza Rahimova
- Azizbek Bekmurodov
- Umid Shaxobov
- Sardor Bekmurodov
- Shaxzod Murodov
- Jasur Mavlonov
"Madaniyat karvoni"da estrada yulduzlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar Bandixon aholisiga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.
Konsert yakunida bayramona salyutlar otildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









