Bandixon tumanida "Oilalar mustahkamligini ta'minlashda "OQILA AYOLLAR" harakatining o'rni" mavzusida forum o'tkazildi
2025-06-19 10:30:00 / Yangiliklar

Bugun Bandixon tumanida oila qadriyatini mustahkamlash, turli salbiy holatlarning oldini olish, farzand tarbiyasi, oila, xotin-qizlar ma’rifatini yuksaltirish, ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda jamoatchilik, xususan “Oqila ayollar” harakatining ta’sirini kuchaytirish maqsadida mahallalarda o'z o'rniga ega bo'lgan bir guruh xotin-qizlar ishtirokida "OQILA AYOLLAR" harakatining o'rni mavzusida forum o'tkazildi.
Forum davomida tuman hokimining o'rinbosari "Oila va xotin-qizlar bo'limi" boshlig'i I.Mamasolayeva ishtirokida "Oqila ayollar" harakati a'zolarining murojaatnomasi o'qib eshittirildi va mahallalarda oilalarning mustahkamligini ta'minlashda fidoyilik ko'rsatayotgan bir guruh xotin-qizlar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati








