🇺🇿 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! Bandixonda Vatan bayroği qalblarni birlaştirdi!
2026-11-11 10:00:00 / Yangiliklar

18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan yurtimiz böylab ötkazilayotgan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostidagi bayroq estafetasi Surxondaryo viloyatida ham keng davom etmoqda.
Uşbu ezgu taşabbus doirasida bugun Bandixon tumanida keng jamoatçilik vakillari iştirokida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganligining 35 yilligi munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostida yuriş marafoni hamda “Bir bayroq estafetasi” avtokarvoni taşkil etildi.
Tadbir iştirokçilari qöllarida hilpiragan davlat bayroği bilan Vatanga muhabbat, milliy ğurur va yurt taqdiriga daxldorlik tuyğularini namoyon etdilar.
Şundan söng, tumandagi 9-son madaniyat markazida tadbirning madaniy-ma’rifiy qismi bölib ötdi. Unda madaniyat markazi xonandalari tomonidan vatan, tinçlik va istiqlolni madh etuvçi kuy-qöşiqlar ijro etildi, davlat bayroğiga bağişlangan badiiy chiqişlar namoyiş qilindi.
🇺🇿 Davlat bayroği — xalqimizning ğururi, milliy iftixori va ozodligimiz timsolidir! Uning har bir hilpiraşida vatan şa’ni, ajdodlar merosi, bugungi tinç hayotimiz va yoruğ kelajagimiz mujassam.
Mazkur tadbir xalqimiz örtasida döstlik, birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, yoş avlod qalbida vatanparvarlik tuyğularini yuksaltiriş hamda davlat ramzlariga bölgan yuksak hurmatni qaror toptirişga xizmat qildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









