INSON SALOMATLIGI YÖLIDAGI FIDOYILIK — E’ZOZ VA EHTIROMGA MUNOSIB!
2026-11-11 17:00:00 / Yangiliklar

Xalqimiz azaldan şifokorlarni inson hayotini asrab-avaylovçi, dardga darmon, köngillarga taskin beruvçi eng mötabar kasb egalari sifatida qadrlab keladi. Zero, oq xalat kiygan fidoyi insonlarning mehnati ortida minglab insonlarning soğlig‘i, hayoti va oilalar quvonçi mujassam.
Har yili noyabr oyining ikkinçi yakşanbasida yurtimizda Tibbiyot xodimlari kuni keng nişonlanadi.
Uşbu sana munosabati bilan Bandixon tumanidagi “Qadam” tantanalar saroyida tibbiyot sohasi vakillari uçun kötarinki ruhdagi bayram tadbiri taşkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Abdumalik Allamuradov iştirok etib, soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi. Şuningdek, ularning aholi salomatligini mustahkamlaş, inson hayotini asraş va tibbiy xizmat sifatini oşiriş yölidagi fidokorona mehnatiga alohida töxtalib ötdi.
Bayram munosabati bilan soğliqni saqlaş tizimida samarali mehnat qilib, aholi salomatligini muhofaza qiliş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş va öz faoliyatida namuna körsatib kelayotgan bir guruh tibbiyot xodimlari Bandixon tumani hokimligi hamda tibbiyot birlaşmasining ning faxriy yorliqlari va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Bayram şukuhi kuy-qöşiqlar, samimiy tabriklar va kötarinki kayfiyat bilan davom etdi. Tuman madaniyat bölimi san’atkorlarining dilrabo çiqişlari oq xalatli insonlarga unutilmas taassurot va xuşkayfiyat ulaşdi.
Inson salomatligi yölida tun-u kun xizmat qilayotgan barça tibbiyot xodimlariga ta’zim!
Sizlarning maşaqqatli va şarafli mehnatingiz, mehringiz va fidoyiligingiz har qança e’tirofga munosib.
Kasb bayramingiz muborak bölsin, aziz salomatlik posbonlari!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









