🍁 BANDIXON TUMANIDAGI BOĞÇALARDA “MEHRJON” BAYRAMLARI KÖTARINKI RUHDA ÖTKAZILMOQDA
2026-11-12 10:00:00 / Yangiliklar

🍎 Bandixon tumanidagi barça davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida jajji tarbiyalanuvçilar iştirokida «Mehrjon» bayrami kötarinki ruhda nişonlanmoqda.
🍇 Bayram tadbirlari davomida bolajonlar kuz faslining betakror tarovati, ona tabiat in’om etgan meva-sabzavotlar va ularning inson salomatligi uçun foydali jihatlari haqida öz bilimlarini namoyiş etmoqdalar.
🎶 Jajji iste’dod sohiblari tomonidan ijro etilgan şöx qöşiqlar, dilrabo raqslar, şe’rlar va qiziqarli sahna körinişlari tadbirlarga özgacha fayz bağishlamoqda.
Uşbu tadbirlarning asosiy maqsadi bolajonlar qalbida tabiatga mehr, mehnatsevarlik, tejamkorlik, dasturxonimizdagi noz-ne’matlarga şukronalik va ularni qadrlaş kabi ezgu fazilatlarni şakllantirishdan iborat böldi.
Quvonçga töla bolajonlar tabassumi, rang-barang çiqişlar va samimiy olqişlar bilan yodda qolgan «Mehrjon» bayrami barçaga birdek kötarinki kayfiyat ulaşdi.
Zero, bugun mehr va ezgulik bilan tarbiyalanayotgan jajji avlod — ertangi kunimiz bunyodkorlaridir!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









