HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA, HAR BIR MUAMMO YEÇIMI MAS’ULLAR NAZORATIDA! Bandixon tumanida Surxondaryo viloyati prokurori örinbosari Şarofiddin Akramovning fuqarolar bilan sayyor qabuli ötkazildi.
2026-11-12 10:00:00 / Yangiliklar

Xalq bilan muloqot qiliş, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bevosita joyida örganiş, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlaş davlat idoralari oldidagi eng muhim vazifalardan biridir. Zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri, oilaviy taşviş, hal etilişini kutayotgan muammo va adolatga bölgan işonç mujassam.
Ana şu maqsadda Bandixon tumanidagi 17-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi binosida Surxondaryo viloyati prokurori örinbosari Şarofiddin Akramov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar, mavjud kamçiliklar va yeçimini kutayotgan masalalar atrofliça muhokama qilindi. Xususan, fuqarolar huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyati hamda boşqa sohalarga oid jami 31 ta masala yuzasidan öz murojaatlarini bildirdilar.
Sayyor qabulda tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, tuman prokurori Bobur Toşpulatov, tuman IIB boshlig‘i Jörabek Törayev hamda tegişli taşkilot va idoralar rahbarlari iştirok etdi.
Eng muhimi, murojaatlarni şunçaki tinglaş bilan çeklanib qolmasdan, har bir masalaning mazmun-mohiyatini çuqur örganiş, qonuniy yeçimini topiş va fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etişga alohida e’tibor qaratildi.
Qabul davomida kötarilgan masalalarni hal etiş yuzasidan tegişli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Murojaatlarning ijrosini ta’minlaş, ularning har biri böyiça qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli çoralar köriş hamda natijasi haqida fuqarolarga asoslantirilgan javob beriş vazifasi yuklatildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









