Içki turizm — yurtimiz tarixini anglaş va ma’naviy hordiq çiqarişning muhim omili
2026-11-15 18:00:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda turizm sohasini iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida rivojlantiriş, tarixiy-madaniy merosimizni keng tarğib etiş hamda aholining içki turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanişini ta’minlaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 15-maydagi PF–87-son Farmoni ijrosini ta’minlaş maqsadida taşkilot va muassasalar xodimlarining yurtimizning tarixiy va diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlarini taşkil etiş işlari izçil davom ettirilmoqda.
Ana şunday ezgu işlar doirasida Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradov taşabbusi bilan tumandagi 9-son madaniyat markazi xodimlari hamda "Ohuva" folklor xalq havaskorlik jamoasi uçun qadimiy va navqiron Samarqand şahriga sayohat taşkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokçilar Samarqandning dunyoga maşhur tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari va zamonaviy bunyodkorlik namunalarini yaqindan körib, yurtimizning boy tarixi va madaniy merosi bilan yanada yaqindan tanişiş imkoniga ega böldilar. Mazkur taşrif ularda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyğularini yanada mustahkamladi.
Ayniqsa, tumanimizda madanıyat sohasini rivojlantirişda özining munosib hissasini qöşib kelayotgan madaniyat xodimlari uçun taşkil etilgan bunday sayohatlar ularning kayfiyatini kötariş, mazmunli dam olişini ta’minlaş hamda mehnatga bölgan rağbatini oşirişga xizmat qilmoqda.
✅Yurtimizning tarixiy maskanlariga uyuştirilayotgan bunday sayohatlar nafaqat içki turizmni rivojlantiriş, balki inson qadrini uluğlaş, mehnatkaş insonlarni e’tirof etiş va ularning ijtimoiy faolligini oşirişda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati






