YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASI — QALDIRG‘OCH MAHALLASIDA!
2026-10-20 08:00:00 / Yangiliklar

Obod mahalla — farovon hayot, zamonaviy infratuzilma — aholi uchun qulaylik!
Bandixon tumanidagi Qaldirg‘och mahallasi bugun yangicha qiyofa kasb etmoqda. Hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, zamonaviy infratuzilma va yaratilayotgan qulayliklar mahalla hayotiga yangicha ruh bag‘ishlamoqda.
Mahalla guzari va mahalla idorasi binolarida qurilish ishlari to‘liq yakunlanib, aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratildi.
🔹 266 ta beton tayanch ustuni o‘rnatildi;
🔹 8,9 kilometr elektr tarmog‘i tortildi;
🔹 2 ta transformator (250 va 150 kVA) o‘rnatildi;
🔹 950 metr ichimlik suvi tarmog‘i tortildi;
🔹 1,8 kilometr yo‘l asfalt qilindi.
Bu o‘zgarishlar — shunchaki qurilish emas, balki aholi turmush farovonligini oshirish, kundalik hayotda qulaylik yaratish va mahallaning ertangi kunini yanada obod etish yo‘lidagi muhim qadamlardir.
Qaldirg‘och mahallasida yangilanishlar davom etmoqda. Zero, obod mahalla — inson qadri ulug‘langan, aholi o‘zgarishlarni har kuni his etadigan maskandir!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









