“O‘n nafar yoshga bir nafar nuroniy” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
2026-10-19 09:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida yoshlar tarbiyasida nuroniylarning hayotiy tajribasi, ibrati va pand-nasihatlari muhim o‘rin tutishini targ‘ib etuvchi “O‘n nafar yoshga bir nafar nuroniy” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda nuroniylar, deputatlar hamda jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdilar. O‘zining tashabbuskorligi, bilim va salohiyatini namoyon etgan nuroniylar munosib taqdirlandi.
Nuroniy — hayot maktabi, yoshlar uchun ibrat timsoli!
Ushbu ezgu tashabbus yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat, mehr-oqibat va insoniylik ruhida tarbiyalash, avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Zero, keksalar duosi, ularning boy hayotiy tajribasi va yoshlarning shijoati uyg‘unlashgan joyda ezgu qadriyatlar bardavom bo‘ladi!
Tadbirda tuman madaniyat bo’limi xonandalari tomonidan yangragan jonli kuy-qo’shiqlar yig’ilgan nuroniylarga olam-olam quvonch ulashdi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









