BANDIXONDA BUNYODKORLIK QIZG‘IN: 60 GЕKTAR MAYDONDA YANGI LOYIHALAR AMALGA OSHIRILMOQDA
2026-10-16 12:00:00 / Yangiliklar

andixon tumanining Obikor mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-105 “Darband–Boysun–Elbayon” avtomobil yo‘lining Tangimush massivida yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.
🔹60 gektar maydonda yangi savdo va xizmat ko‘rsatish maskani
Hududda savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, “Tangimush Chavandozi” MCHJ tomonidan chorva va oziq-ovqat bozori qurilishi yakuniy bosqichga yetkazilmoqda.
Mazkur loyiha ishga tushirilishi bilan hududda savdo-sotiq imkoniyatlari kengayishi, aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi kutilmoqda.
🔹 Viloyat hokimi qurilish jarayonlari bilan tanishdi
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Tangimush massiviga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Hududni zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish maskaniga aylantirish, loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
🔹 Obikorda zamonaviy mahalla guzari barpo etilmoqda
Tashrif davomida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahalla sifatida tanlab olingan Obikor mahallasida yangidan qurilayotgan zamonaviy mahalla guzari va mahalla binosidagi qurilish ishlari ham ko‘zdan kechirildi.
Mahalla aholisiga munosib sharoit yaratish, fuqarolar uchun qulay va zamonaviy muhitni shakllantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
☑️ Yangi loyihalar — yangi imkoniyatlar, yangi ish o‘rinlari va aholi farovonligi sari muhim qadam!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati







