BANDIXON TUMANI NAVRO’Z MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILADI
2026-11-06 10:30:00 / Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning muammo va takliflariga yechim topish maqsadida Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradovning mahallalarda sayyor qabullari davom etmoqda.
2026-yil 7-noyabr kuni
Soat 09:00 dan 12:00 ga qadar
Navro’z mahallasida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, taklif va tashabbuslar yuzasidan bevosita tuman hokimiga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Hurmatli Navro’z mahallasi aholisi! Sizni ushbu sayyor qabulda faol ishtirok etishga, o‘zingizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilishga chorlaymiz.
Eslatma: Qabulda ishtirok etish uchun shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni olib kelishingiz so‘raladi.
Murojaatingiz e’tibordan chetda qolmasin! Muammolarga birgalikda yechim topamiz!
