BANDIXON TUMANI BIRDAMLIK MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILADI
2026-10-14 14:00:00 / Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning muammo va takliflariga yechim topish maqsadida Bandixon tumani hokimining o'rinbosari - Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'i Abduxalil Doniyorovning mahallalarda sayyor qabullari o'tkazilmoqda.
2026-yil 15-oktabr kuni
Soat 09:00 dan 12:00 ga qadar
Birdamlik mahallasida tuman hokimi birinchi o'rinbosarining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, taklif va tashabbuslar yuzasidan bevosita tuman hokimining birinchi o'rinbosariga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Hurmatli Birdamlik mahallasi aholisi! Sizni ushbu sayyor qabulda faol ishtirok etishga, o‘zingizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilishga chorlaymiz.
Eslatma: Qabulda ishtirok etish uchun shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni olib kelishingiz so‘raladi.
Murojaatingiz e’tibordan chetda qolmasin! Muammolarga birgalikda yechim topamiz!
