Bandixonda bolajonlarga quvonch ulashgan tomosha
2026-10-05 10:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-103-son Farmoni ijrosi doirasida Bandixon tumanidagi 9-son madaniyat markazida bolajonlar uchun quvnoq va mazmunli teatr tomoshasi namoyish etildi.
Surxondaryo viloyati Qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari tomonidan taqdim etilgan tomosha bolajonlarga quvonch, kulgu va unutilmas taassurotlar ulashdi.
Bunday madaniy tadbirlar yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan birga, ularda Vatanga muhabbat, ezgu qadriyatlarga hurmat, bilim olishga ishtiyoq va san’atga qiziqish tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bolalik — kulgu va quvonchga to‘la go‘zal davr. Uni yanada fayzli va mazmunli qilish esa barchamizning ezgu maqsadimizdir!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









