BANDIXONLIK YOSHLAR VILOYATDA BIRINCHI! ENDI NAVBAT — RESPUBLIKA BOSQICHIGA!
2026-10-10 17:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari “Rahbar kubogi” sport musobaqasining Surxondaryo viloyati bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar!
Termiz shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan musobaqada Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari mini-futbol, stol tennisi hamda shaxmat yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashdilar.
Mini-futbol maydonida o‘z mahorati, jamoaviy birdamligi va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishini namoyon etgan bandixonlik yoshlar barcha raqiblaridan ustun kelib, viloyat chempioniga aylandilar!
Bu yutuq — yoshlarimizning tinimsiz mehnati, murabbiylarining fidoyiligi va sportga bo‘lgan muhabbatining yorqin samarasidir.
Endi maqsad yanada ulug‘ — Respublika bosqichida ham munosib ishtirok etib, Bandixon tumani sharafini yuksaklarga ko‘tarish!
Yosh g‘oliblarimizga keyingi bellashuvlarda ham omad, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tilaymiz!
Bandixon yoshlari — g‘alabalar sari olg‘a!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati






