AJDODLAR XOTIRASI E’ZOZDA, EZGULIK YO‘LIDA EL BIR!
2026-10-13 09:00:00 / Yangiliklar

Bandixonda savobli ish yo‘lida yoshlar va nuroniylar birlashdi.
Yaxshilikning chegarasi yo‘q, ajdodlar xotirasiga hurmat esa xalqimizning azaliy qadriyatidir.
Bugun Bandixon tumanidagi Navro‘z mahallasida joylashgan «Oqmozor» qabristonida yoshlar, nuroniylar va faol fuqarolar ishtirokida xayrli hashar tashkil etildi. Bir yoqadan bosh chiqarib qilingan mehnat natijasida qabriston hududi obodonlashtirilib, atrof-muhit tartibga keltirildi.
Hashar — shunchaki obodonlashtirish emas. U avlodlarni birlashtiradigan, mehr-oqibatni mustahkamlaydigan, yoshlar qalbida ajdodlarga hurmat tuyg‘usini uyg‘otadigan ezgu an’anadir.
Tadbirda tuman hokimi Abdumalik Allamuradov ishtirok etib, savobli ishga hissa qo‘shgan yoshlar, nuroniylar va faol fuqarolarga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Hashar yakunida ishtirokchilarga osh tortildi, o‘tganlar ruhi poklari uchun Qur’on tilovat qilinib, xayrli duolar qilindi.
Birlik bor joyda baraka, hamjihatlik bor joyda ezgulik bor!
Ajdodlarni e’zozlash, muqaddas qadamjolarni obod saqlash va yosh avlodga ibrat ko‘rsatish — barchamizning insoniy burchimizdir.
Yaxshilik birlashgan qalblardan boshlanadi, uning fayzi esa butun elga taraladi!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









