PAXTAKOR MAHALLASI — OBOD VA FAROVON HUDUDGA AYLANADI
2026-09-23 11:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanining Paxtakor mahallasida “Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla” tamoyili asosida keng ko‘lamli obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Ayni paytda mahallada:
3,5 km kollektor tozalanmoqda;
2 km beton ariqlar tozalanmoqda va tartibga keltirilmoqda;
500 metr ichki ariqlar betonlashtirilmoqda.
Mazkur ishlarning borishi Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish, hududning obodonchiligi hamda infratuzilmasiga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Paxtakor mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, avvalo, aholi uchun yanada qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









