OBIKORDA O‘ZGARISH KATTA: "Yangi O'zbekiston qiyofasidagi mahalla" sifatida tanlab olingan Obikor mahallasida bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda
2026-09-25 14:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va hududlarni obod maskanlarga aylantirish borasidagi bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.
Xususan, "Yangi O'zbekiston qiyofasidagi mahalla" sifatida tanlab olingan “Obikor” MFYda ham keng ko‘lamli obodonlashtirish va infratuzilmani yangilash ishlari jadal olib borilmoqda.
Mahallaning 8 ta ko‘chasiga 210 dona yangi beton elektr ustuni o‘rnatildi;
3 dona yangi transformator keltirildi;
7 ming metr yopiq elektr kabeli tortildi;
2,8 km ichimlik suvi tarmog‘i yangidan barpo etildi;
1,1 km ichki ko‘chalar asfaltlandi.
Eng muhimi, mahalla aholisi uchun qulay va zamonaviy muhit yaratishga qaratilgan ishlar bundan keyin ham davom etadi.
Ayni paytda yangi mahalla guzari va mahalla binosi qurilishi ham jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Bu o‘zgarishlarning barchasi — avvalo, inson qadrini ulug‘lash, aholi turmush sharoitini yaxshilash va mahallalarga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish yo‘lidagi amaliy ishlarning ifodasidir.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









