Har bir oila — e’tiborda: muammo tinglandi, yechim belgilandi
2026-09-19 08:00:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida Surxondaryo viloyatida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Bandixon tumani Birdamlik mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Rajabov, tuman hokimi A.Allamuradov, viloyat va tuman mahalla yettiligi tashkilotlari rahbarlari hamda ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqarolar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida har bir fuqaro bilan individual suhbatlashilib, oilalarning muammolari, ehtiyojlari va takliflari atroflicha o‘rganildi.
Muhimi, murojaatlar shunchaki tinglab qo‘yilmadi. Har bir masala bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Jumladan, fuqarolarni:
doimiy daromad manbaiga ega qilish va bandligini ta’minlash;
farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish;
bolalarni fan to‘garaklariga jalb etish;
sog‘lig‘ida muammosi bo‘lgan fuqarolarni davolanishiga ko‘maklashish;
boshqa ijtimoiy muammolarini hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Asosiy maqsad — har bir oilaning muammosini joyida o‘rganish, unga aniq yechim topish va fuqarolarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish.
Zero, kambag‘allikni qisqartirish — faqat raqamlarni kamaytirish emas, balki har bir oilaning turmush sharoitini yaxshilash, daromadini oshirish va kelajakka ishonchini mustahkamlashdir.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









