QONUN — JAZO BILAN BIRGA IMKONIYAT HAM BERADI
2026-09-10 14:00:00 / Yangiliklar

Bandixonda sayyor sud majlisida 5 nafar mahkumga nisbatan insonparvarlik tamoyili qo‘llanildi
2026-yil 10-sentabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Bandixon tuman sudi raisi O. Karimov tomonidan tuman IIB binosida ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Sud majlisida jazoni o‘tash tartib-qoidalariga rioya qilgan, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan va axloqan tuzalish yo‘lidan borayotgan mahkumlarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Xususan, Probatsiya guruhi ro‘yxatida turib, axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan 4 nafar mahkumga nisbatan tayinlangan jazoning o‘talmagan qismi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi 3-qismi “a” bandi asosida muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Shuningdek, yana bir nafar mahkumning muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish haqidagi iltimosnomasi qanoatlantirildi.
Ta’kidlash joizki, muddatidan ilgari shartli ozod qilish — jazodan shunchaki kechish emas. Bu, avvalo, qonun talablariga rioya qilgan, o‘z xatosini anglagan va tuzalish yo‘lini tanlagan shaxsga beriladigan huquqiy imkoniyatdir.
Bunday yondashuv mahkumning jamiyatga qayta moslashishiga, ijtimoiy hayotga faol qo‘shilishiga va kelgusida qayta jinoyat sodir etishining oldini olishga xizmat qiladi.
Qonun ustuvor. Inson qadri — e’tiborda. Insonparvarlik — huquqiy davlatning muhim mezoni.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati







