Bandixonda tuman hokimining o'rinbosarlari tomonidan shaxsiy qabullar o'tkazilmoqda
2026-09-08 10:00:00 / Yangiliklar

2026-yil 8-sentabr sanasida Bandixon tuman hokimining o‘rinbosari Faxritdin Berdiyev tomonidan tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 4 nafar fuqaroning oqova suv hamda oilaviy masalalari bo‘yicha murojaatlari tinglandi. 1 nafar fuqaroning murojaati shu yerning o'zida ijobiy hal etilgan bo'lsa, qolgan har bir murojaat yuzasidan qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijrosini ta’minlash uchun mas’ul tashkilotlar va mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi. Murojaatlarning o‘z vaqtida va qonunchilikka muvofiq hal etilishi yuzasidan ijro nazorati o‘rnatildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati


