BANDIXON TUMANI: MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA — ARZONLASHTIRILGAN SAVDO YARMARKASI!
2026-08-29 10:00:00 / Yangiliklar

Mustaqilligimizning 35 yillik shukuhi yurtimiz bo‘ylab tobora keng taralmoqda. Bayramni ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish, xalqimiz dasturxonini to‘kin va fayzli qilish maqsadida Bandixon tumanida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
Bandixon tumani dehqon oziq-ovqat bozorida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etilgan.
Tuman hokimi Abdumalik Allamuradov hamda tuman prokurori Bobur Toshpulatovlar tomonidan yarmarkadagi narxlar va aholiga yaratilgan qulayliklar joyiga chiqib o’rganildi.
Yarmarkada aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozor narxlariga nisbatan maqbul va arzonlashtirilgan narxlarda sotuvga chiqarilmoqda.
Bu kabi yarmarkalar bayramoldi xarajatlarini yengillashtirish, aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash hamda narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Mustaqillik bayrami har bir xonadonga fayz-u baraka, dasturxonlarga to‘kinlik, qalblarga quvonch olib kelsin!
Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, bayramimiz muborak bo‘lsin!
#Mustaqillikning35yilligi #Bandixon #ArzonlashtirilganYarmarka #BayramShukuhi
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati





