Xalq dardi — amaliy yechim markazida
2026-08-21 10:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan tumandagi Prezident qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolardan 8 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 4 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etilib, qolgan murojaatlar mas’ul tashkilotlarga biriktirildi hamda ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Har bir murojaat ortida inson taqdiri, oila manfaatlari va xalq ishonchi mujassam. Shu bois fuqarolarni tinglash, ularning muammolariga yechim topish va amaliy yordam ko‘rsatish tuman hokimligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Xalq bilan ochiq muloqot, muammolarga o‘z vaqtida yechim topish va inson manfaatlarini ta’minlash — Yangi O‘zbekistonning bosh mezonidir.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati








