Birdamlik mahallasi aholisi uchun yana bir quvonchli xushxabar!
2026-08-06 15:00:00 / Yangiliklar

Mustaqillikning 35 yilligi arafasida Bandixon tumanida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizning har bir hududida amalga oshirilayotgan ezgu islohotlar Bandixonda ham amaliy natijasini bermoqda.
Ushbu xayrli ishlar yo'lida tuman hokimi va barcha tashkilotlar bel bog'lab sidqidildan xalqimizga xizmat qilmoqda.
Bugun Birdamlik mahallasidagi 44-oilaviy poliklinika filialiga olib boruvchi yo‘l zamonaviy asfalt qoplamasi bilan ta'minlandi.
Endilikda ushbu yo‘ldan qatnovchi mahalla ahli, nuroniylar, bemorlar va yosh onalar uchun poliklinikaga borish yanada qulay va xavfsiz bo‘ladi. Ayniqsa, yomg‘irli va qish mavsumida loydan qiynalib kelingan yo‘lning ta'mirlanishi aholining ko‘p yillik muammolaridan biriga yechim bo‘ldi.
Inson qadri ustuvor bo‘lgan Yangi O‘zbekistonda har bir mahalla obod bo‘lsa, xalqning kayfiyati ham, ertangi kunga ishonchi ham yuksaladi.
Bandixonda bunyodkorlik ishlari davom etadi — xalq farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlar izchil davom etaveradi!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati






