Bandixonda tuman hokimining o'rinbosarlari tomonidan shaxsiy qabullar o'tkazilmoqda
2026-08-06 10:00:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularning muammo va takliflariga o‘z vaqtida yechim topish — xalq bilan ochiq muloqotning muhim mezonidir.
Shu maqsadda bugun 2026-yil 6-avgust sanasida Bandixon tumanidagi Prezident Xalq qabulxonasida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari D. Musurmonov boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan kadastr, bandlik, ijtimoiy yordam va kredit olish masalalariga oid jami 5 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari belgilandi, muddat talab etiladigan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida ularning bajarilishi qat’iy nazoratga olindi.
