Bandixon tuman hokimining o'rinbosarlari tomonidan shaxsiy qabullar davom etmoqda
2026-08-03 09:30:00 / Yangiliklar

Bugun 2026-yil 3-avgust sanasida Bandixon tumanida aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning murojaatlarini tinglash hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida tuman hokimining o‘rinbosari — Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A. Doniyorov tomonidan shaxsiy qabul tashkil etildi. Qabul tuman Xalq qabulxonasi binosida o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan qurilish, kadastr, ichki yo'llarni toshlash, elektr energiyani yaxshilash, obodonlashtirish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat batafsil o‘rganilib, qo‘shimcha vaqt va o‘rganish talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha esa tegishli tashkilotlarrga aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati




