Yo‘llar ravon bo‘lsa, hayot yanada farovon bo‘ladi!
2026-07-10 10:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish yo‘lida yana bir muhim qadam tashlandi.
Bugun O‘rg‘ilsoy mahallasidagi “Irmoq” ko‘chasining 1650 metr qismida asfalt yotqizish ishlari boshlandi. Ushbu loyiha tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Yillar davomida ushbu ko‘chada yozda chang-to‘zon, qishda esa loy-g‘ubor sabab fuqarolar ko‘plab noqulayliklarga duch kelgan edi. Endilikda esa mazkur muammo amaliy yechim topib, mahalla aholisi uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, tumandagi mahallalarning ichki yo‘llarini shag‘allashtirish va asfaltlash ishlari tasdiqlangan reja asosida bosqichma-bosqich davom ettiriladi.
Bandixonda bunyodkorlik davom etmoqda!
Har bir obod ko‘cha — aholining qulay hayoti, har bir yangi yo‘l esa hudud taraqqiyoti sari tashlangan yana bir mustahkam qadamdir.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati







