Yarim tun bo‘lishiga qaramay, fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda!
2026-07-10 22:20:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida eshitish va ularni amaliy hal etish maqsadida sayyor qabullar muntazam tashkil etilmoqda.
Navbatdagi sayyor qabul davomida Birdamlik mahallasi fuqarolari tomonidan tuman hokimi A. Allamuradovga oqova suvni chiqarish uchun quvur o‘rnatish masalasida murojaat yo‘llandi.
Murojaat joyiga chiqib o‘rganildi va qisqa fursatda ijobiy yechim topdi. Zarur quvur o‘rnatilib, fuqarolarni qiynab kelgan muammo bartaraf etildi.
Bu kabi amaliy ishlar har bir murojaat ortida inson manfaati va xalq ishonchi turishini yana bir bor tasdiqlaydi. Bandixonda fuqarolar dardi tinglanadi, muammolar esa imkon qadar tezkor hal etiladi.
Xalq bilan muloqot — islohotlarning eng muhim mezoni!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati

