Ilmga intilishning yoshi yo‘q — 7 yoshdan 70 yoshgacha bir maydonda!
2026-07-10 10:30:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida “Zakovat” intellektual o‘yini yuqori kayfiyat va kuchli raqobat ruhida tashkil etildi.
Mazkur intellektual bellashuvda tumandagi 22 ta mahalladan 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan bilimdon fuqarolar ishtirok etib, o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.
Bu kabi loyihalar nafaqat bilim va tafakkurni charxlaydi, balki avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlab, kitobxonlik va intellektual muhitni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bandixonda ilmga bo‘lgan qiziqish, zakovat va ezgu raqobat ruhi tobora yuksalmoqda!
Zero, ilm izlashning yoshi yo‘q — bilim sari tashlangan har bir qadam kelajak sari qo‘yilgan mustahkam poydevordir.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati






