Murojaatlar e’tiborda — muammolar amalda hal etilmoqda!
2026-07-07 17:25:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Shu maqsadda Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan mahallalarda hamda tuman Prezident Xalq qabulxonasida muntazam ravishda shaxsiy qabullar o‘tkazilmoqda. Har bir murojaat sinchiklab o‘rganilib, fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalarni qonuniy va tezkor hal etish yuzasidan aniq choralar ko‘rilmoqda.
Jumladan, Bandixon mahallasi Xosildor ko‘chasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar tomonidan elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida beton elektr ustunlari o‘rnatish bo‘yicha bildirilgan murojaat ijobiy hal etildi.
Natijada mazkur ko‘chaga 4 dona beton elektr ustuni o‘rnatilib, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz elektr infratuzilmasini yaratish yo‘lida muhim amaliy ish bajarildi.
Xalq manfaati — ustuvor vazifa.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati





