Bandixonlik xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar: sertifikatlar topshirildi!
2026-06-27 10:50:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini oshirish, ularni o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga qo‘llab-quvvatlash yo‘lida yana bir muhim qadam tashlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori asosida amalga oshirilayotgan “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish – 2-faza” loyihasining “Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish” yo‘nalishi doirasida tashkil etilgan o‘quv kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Shu munosabat bilan Bandixon tumani hokimligida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, loyiha koordinatori Z. Muydinov hamda Alfa Line (Encompass) kompaniyasi rahbari D. Otaboyev ishtirok etdi.
Tadbir davomida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan hamda grant tanlovida g‘olib bo‘lgan faol xotin-qizlarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur loyiha xotin-qizlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, oilalar daromadini oshirish va qishloq hududlarida xususiy tadbirkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Bandixonlik tashabbuskor va izlanuvchan ayollarni erishgan yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz hamda ularning kelgusidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!









