Murojaat e'tiborda, natija amalda!
2026-06-29 14:25:00 / Yangiliklar

Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradovning Navro‘z mahallasida o‘tkazgan sayyor qabulida fuqarolar tomonidan ochiq kollektor ustiga katta diametrli quvur o‘rnatib, yo‘l ochib berish masalasi ko‘tarilgan edi.
Mazkur murojaat tuman hokimi tomonidan shaxsan nazoratga olinib, mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda qisqa muddatda amaliy ishlar bajarildi. Natijada ochiq kollektor ustiga katta diametrli quvur o‘rnatilib, aholi uchun qulay va xavfsiz o‘tish yo‘li yaratildi.
Bugungi kunda murojaat o‘z yechimini topib, fuqarolarning muammosi ijobiy hal etildi.
Bandixon tumanida har bir murojaat e'tiborda. Chunki xalqning dardi bilan yashash, ularning muammolariga amaliy yechim topish — ustuvor vazifamizdir.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati


