Bandixonda faol yoshlar e'tirof etildi!
2026-06-30 17:00:00 / Yangiliklar

30-iyun — "Yoshlar kuni" munosabati bilan Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradov tuman hokimligi binosida bir guruh faol yoshlar bilan samimiy uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv davomida chekka hududlardagi mahallalarda xorijiy tillarni o‘rgatib, yoshlarning bilim olishi va kelajagi uchun fidokorona mehnat qilayotgan tashabbuskor yoshlar hamda mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilarining xizmatlari alohida e'tirof etildi.
Yoshlar tuman hokimi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanib, kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilandi.
Yurtimiz taraqqiyoti, mahallalar ravnaqi va yoshlar kamoloti yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilayotgan barcha yoshlarimizga omad va zafarlar tilaymiz!
Bandixon yoshlari — Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi!
#Yoshlar_oyligi
#Dolzarb_90_kun
#Yoshlar_kuni
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati




