“Siz kelmang, biz boramiz” — muammolar mahallaning o‘zida tinglandi
2026-06-20 10:30:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanining Navro‘z mahallasida tuman hokimi Abdumalik Allamuradovning navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida 7 nafar fuqarolar tomonidan oqova va ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, davolanish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan jami 11 ta murojaat bildirildi.
E’tiborlisi, murojaatlarning 5 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.
Qolgan masalalar bo‘yicha esa tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish choralari belgilandi. Har bir murojaat ijrosi alohida nazoratga olindi.
Bunday sayyor qabullar odamlarning muammolarini joyiga chiqib o‘rganish, tezkor yechim topish va eng muhimi, xalq bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Xalq dardi bilan yashash, murojaatlarni eshitish va yechim topish — eng ustuvor vazifa.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









