Xalq bilan yuzma-yuz muloqot — muammolar yechimining eng qisqa yo‘li: Bandixonda navbatdagi hokim qabuli o‘tkazildi
2026-06-19 10:30:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar va tadbirkorlarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish maqsadida tuman hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli tashkil etildi.
Prezident Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan o‘tkazilgan qabulda tumanning turli hududlaridan kelgan fuqarolar o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi.
Murojaatlarda oqova suv tizimini yaxshilash, ijtimoiy ko'mak, kadastr, elektr energiya, suyultirilgan gaz ta’minoti hamda boshqa dolzarb masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqarolarning fikr va takliflari tinglandi.
🔹 Qabul davomida jami 7 ta murojaat ko‘rib chiqildi.
🔹 Shundan 4 tasi joyida ijobiy hal etildi.
🔹 Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.
Aholining muammolarini tinglash va ularning yechimi ustida ishlash — xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi bosh mezondir. Bandixonda bu boradagi ochiq muloqotlar izchil davom etmoqda.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati








