Bandixonda Davlat xavfsizlik xizmati kubogi g‘oliblari e’tirof etilib, GALA-KONSERT dasturi bo'lib o'tdi.
2026-06-17 18:25:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning mini-futbol va futbol turlari bo‘yicha o‘tkazilgan Davlat xavfsizlik xizmati kubogining tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, mutasaddi tashkilotlar vakillari, sport ixlosmandlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Musobaqalar davomida g'olib jamoalar munosib taqdirlanib, esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston — yoshlar mamlakati!” shiori ostida o‘tkazilgan Yoshlar festivali doirasidagi tanlov va loyihalarda faol qatnashib, yuqori natijalarga erishgan yoshlar ham e’tirof etildi.
Shuningdek, tuman aholisi va yoshlari uchun estradaning yorqin yulduzi Zarina, Baxtiyor baxshi Raxmonqulov hamda tuman madaniyat bo'limi tomonidan unutilmas konsert daturi namoyish etildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









