Inson qadri va xavfsizligi — eng ustuvor masala!
2026-05-26 21:00:00 / Yangiliklar

Qurbon hayiti bayrami oldidan joylarda fuqarolar xavfsizligini va osoyishtaligini ta'minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida tunggi guruhlar faoliyati tashkil etilgan.
Tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, tuman IIB boshlig’i Jo’rabek To’rayevlar tomonidan Bandixon tumanidagi “Eshoni Ahmad xoji” hamda “SaidMuhammad” jome masjidlarida tashkil etilgan tungi guruhlar faoliyati o‘rganilib, tuman rahbari tomonidan Qurbon hayiti kunlarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, bayram tadbirlarining osoyishta va uyushqoqlik bilan o‘tishini ta’minlah maqsadida barcha mas’ul xizmatlar kuchaytirilgan tartibda faoliyat olib borishi zarurligi ta’kidlandi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati








