Bandixonda Qurbon hayiti oldidan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
2026-05-26 15:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumani hokimligi hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida Xo‘jaipok mahallasidagi “Eshoni Ahmad hoji” jome masjidi hududida o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqida barcha mas’ul xizmatlarning favqulodda holatlarga tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida:
🔹 favqulodda vaziyat yuzaga kelganda tezkor harakatlanish,
🔹 aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish,
🔹 birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish,
🔹 yong‘in va boshqa xavfli holatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.
Tadbir orqali mas’ul xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Mutasaddilar tomonidan Qurbon hayiti kunlarida jamoat tartibini сақлаш, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, bayram tadbirlarining osoyishta va uyushqoqlik bilan o‘tishini таъминлаш мақсадида barcha mas’ul хизматлар kuchaytirilgan tartibda faoliyat olib borishi ta’kidlandi.
Inson qadri va xavfsizligi — eng ustuvor masala!
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati
