“Yangi O‘zbekiston Bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Bandixon tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
2026-05-26 10:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanidagi 1-son texnikumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston Bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tanlovning tantanali ochilish marosimida ishtirok etib, barcha yoshlarga omad hamda ulkan muvafaqqiyatlar tiladi. Yoshlarga tanlovning respublika bosqichida ham munosib o’rin olishlarika ishonch bildirdi.
Mazkur tanlovda tumandagi 16-30 yoshdagi texnikum o‘quvchilari, yoshlar, talabalar hamda band bo‘lmagan fuqarolar faol ishtirok etib, o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etdi.
🔹 Ishtirokchilar quyidagi 10 ta yo‘nalishda bellashdi:
▫️ payvandchilik texnologiyasi
▫️ elektromontaj ishlari
▫️ santexnika
▫️ kompyuter grafikasi va dizayn
▫️ tibbiyot va ijtimoiy hamshiralik
▫️ qurilish ishlari
▫️ sartaroshlik texnologiyasi
▫️ yengil avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish
▫️ oshpazlik
▫️ modalar texnologiyasi
Tanlov davomida yoshlar o‘zlarining kasbiy salohiyati, ijodkorligi va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etib, hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi.
Bunday tanlovlar yoshlarni kasb-hunarga qiziqtirish, ularning bandligini ta’minlash hamda zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari safida bilimli, tashabbuskor va fidoyi yoshlar safi tobora kengaymoqda.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









