Bandixonda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining sayyor qabuli o‘tkazildi
2026-05-25 10:00:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining sayyor qabuli tashkil etildi. Mazkur qabul davomida fuqarolarning bandlik, kasb-hunar o‘rganish, subsidiya hamda imtiyozli kreditlar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.
Eng muhimi, bu uchrashuvda oddiy raqamlar emas, inson taqdiri va kelajagi e’tibor markazida bo‘ldi. Ish izlayotgan yoshlar, ayollar, o‘z faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolar hamda yordamga muhtoj yurtdoshlarning har bir murojaati alohida ko‘rib chiqildi.
Sayyor qabulni vazir maslahatchisi U. Yoʻldasheva olib borib, murojaatchilar bilan bevosita muloqot qildi. Har bir murojaat individual tartibda o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, fuqarolarni bandlikka yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan ushbu sayyor qabul aholi bilan muloqotni yanada mustahkamlash, muammolarni joyida hal etish hamda inson manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati








