Tashabbus natijasi: Bandixon tumani Saroy mahallasi yo‘llariga asfalt yotqizildi
2026-05-19 11:30:00 / Yangiliklar

Bugun yurtimizda “Tashabbusli budjet” loyihasi orqali aholining ko‘p yillardan buyon yechim kutayotgan muammolari bosqichma-bosqich hal etilib, hududlar qiyofasi tobora obodlashib bormoqda. Eng muhimi, bu jarayonlarda fuqarolarning o‘zi faol ishtirok etib, o‘z hududi ravnaqi uchun tashabbus ko‘rsatmoqda.
Bandixon tumanida ham mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar aholi turmush farovonligini oshirish, infratuzilmani yaxshilash hamda odamlarni rozi qilishga xizmat qilmoqda.
Jumladan, tumandagi “Saroy” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi “Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi birinchi mavsumida faol qatnashib, o‘z tashabbuslarini g‘oliblar safiga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Natijada mahallaning “Rabotak” ko‘chasidagi 3100 metr ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizildi. Endilikda ushbu hudud aholisi uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyati yaratildi.
E’tiborlisi, amalga oshirilgan ishlarda mahalla ahli ham bir yoqadan bosh chiqarib, o‘zining birdamligi va faolligini yana bir bor namoyon etdi. Bu esa xalq bilan bamaslahat amalga oshirilayotgan har bir tashabbus albatta ijobiy natija berishini ko‘rsatmoqda.
Obod mahalla — farovon hayot demakdir. Hududlarni yanada ko‘rkam va yashash uchun qulay maskanga aylantirish yo‘lidagi bunday ezgu ishlar izchil davom etadi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati







