Bandixonda g‘alla mavsumiga qizg‘in tayyorgarlik davom etmoqda!
2026-05-16 08:45:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida g‘alla hosilini nes-nobud qilmay, qisqa muddatlarda yig‘ib olish maqsadida barcha zarur tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda. Shu maqsadda tumandagi mavjud g‘alla o‘rish kombaynlarining texnik shayligi yana bir bor atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Jarayonda tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, tuman IIB boshlig‘i Jo‘rabek To‘rayev, mas’ul tashkilot rahbarlari hamda tajribali kombayn operatorlari ishtirok etdi.
Tumandagi 11 ta zamonaviy kombayn 40 kilometr masofada harakatlantirilib, ularning texnik holati, ishlash quvvati va mavsumga tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi. Barcha jarayonlar yo‘l harakati xavfsizligi talablariga to‘liq rioya qilingan holda tashkil etildi.
Bugungi tayyorgarlik — ertangi mo‘l hosil kafolati!
Tumanda g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun:
6 ta maxsus otryad shakllantirildi
11 ta zamonaviy kombayn to‘liq shay holatga keltirildi
50 ga yaqin tashish texnikalari jalb etildi
Mexanizatorlar uchun qulay dam olish maskanlari tashkil qilindi
Bugungi mehnat va puxta tayyorgarlik orqali dalalardagi har bir boshoqning qadri saqlab qolinadi. Bandixonlik mirishkorlar bu yil ham mo‘l hosil yetishtirish va uni talafotsiz yig‘ib olish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda.









