Bandixon tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘uloti davom etmoqda
2026-05-12 10:30:00 / Yangiliklar

Bandixon tumanida joylashgan “Birdamlik” mahallasida tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda aholini xavfli hududlardan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Mashg‘ulot davomida mas’ul xizmatlar hamkorligida aholini tezkor ogohlantirish, ularni tartibli ravishda ko‘chirish, vaqtinchalik joylashtirish hamda xavfsizlik choralarini ta’minlash bo‘yicha harakatlar sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, fuqarolarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, vahimaga berilmaslik va belgilangan yo‘riqnomalarga amal qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati









