Bandixon tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi
2026-05-12 08:00:00 / Yangiliklar

Bugun, 12-may kuni Bandixon tumanida boshqaruv organlari hamda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish davlat tizimi (FVDqT) hududiy quyi tizimi xizmatlarining tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlarini mustahkamlashga qaratilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotining birinchi kuni doirasida xizmatlarning o‘zaro hamkorligi, tezkor boshqaruvni yo‘lga qo‘yish hamda favqulodda vaziyatlarda kuch va vositalarni samarali safarbar etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Mashg‘ulot avvalida Bandixon tumani hokimi — Fuqaro muhofazasi boshlig‘i A.Allamuradov hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Shukurov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman FVDqT xizmatlari rahbarlarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan rejalar va qabul qilingan qarorlari tinglanib, ularning amaliy ijrosi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur o‘quv mashg‘ulotlari favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bandixon tumani hokimligi
Axborot xizmati






